date

Bir raqam kombinatsiyasi bilan 811 ming dollar yutdi

Bir raqam kombinatsiyasi bilan 811 ming dollar yutdi

Janubiy Karolinada istiqomat qiluvchi amerikalik katta tavakkal qilib, bir xil raqamlar kombinatsiyasi bilan 162 ta Pick 4 lotereya chiptasi xarid qildi.

Pravilamag'ning yozishicha, u o‘z hissiyotiga ishongan va 1-7-3-1 raqamlariga “yaxshi tuyg‘u”si borligini aytgan. Shuning uchun ham u aynan shu raqamlar bilan 162 ta chiptaga 339 dollar sarfladi.

Natijada amerikalikning omadi kelib, 811 ming dollar (65 million rubldan ziyod) sovringa ega bo‘ldi. Bu Pick 4 o‘yinida bir ishtirokchiga to‘langan eng yirik mablag‘ sifatida tarixda qoldi.

“Albatta, hayajonlandim”, — dedi g‘olib o‘z taassurotlari haqida.

Shu bilan birga, lotereya rasmiylariga ko‘ra, uning ajoyib omadidan ilhomlanib, yana bir xaridor ham xuddi shu raqamlar bilan chipta sotib olgan va 25,400 dollar yutgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir raqam kombinatsiyasi bilan 811 ming dollar yutdi