08:50 / 28.04.2020
2 532

Mavritaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Mavritaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Foto: IRNA
Mavritaniya koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi.
Ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, oxirgi kunlarda koronavirusdan biror odam vafot etmagan va birorta kasallanish holati qayd qilinmagan. Bu haqda Le Calame nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda epidemiya vaqtida bor-yo‘g‘i 17 kishi virusga chalingan va bir kishi undan vafot etgan.

Mavritaniyada 13 mart kuni ilk kasallanish holati qayd etilgandan keyin chegaralar, maktablar, restoranlar va bozorlar yopilgan, odamlar to‘planishi taqiqlangan. Hukumat tungi komendantlik soati e’lon qilgan va shaharlararo tashuvlarni taqiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mavritaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi