Foto: Zakyat
Migrantlarni ruhan va insoniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash Rossiya poytaxti islom hamjamiyati, xususan, “Zakot” musulmonlar xayriya jamg‘armasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi, dedi jamg‘arma direktori Rifat Izmaylov.
"Koronavirus epidemiyasi sababli ko‘plab korxona va tashkilotlar, jumladan qurilish sohasidagi ishlarning to‘xtab qolishi bizning oldimizga Rossiya poytaxtida yashayotgan migrantlar, ularning oilalarini zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash masalasini qo‘ydi", - dedi Izmaylov.
U bugungi kunda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan 500dan ortiq oilaga oziq-ovqatlar yetkazib berilganini aytdi.
Jamg‘arma direktorining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya musulmonlari Suriya, Livan, Chad, Bangladesh va boshqa davlatlardagi dindoshlariga yordam ko‘rsatgan.
"Ammo endi biz bilan birga yashayotgan va mehnat qilayotgan MDH mamlakatlaridan kelganlarga e’tibor qaratish vaqti keldi. Afsuski, allaqanday guruhlar hamyurtlarimizni talayotgani va OAVda buni migrantlarga ag‘darib maqolalar yozilayotgani salbiy rol o‘ynamoqda", - deb ta’kidladi Izmaylov.
Jamg‘arma rahbari MDH mamlakatlari elchixonalarini Qirg‘iziston, Tojikiston va o‘zbekistonlik migrantlarga manzilli yordam ko‘rsatishga Moskva islom hamjamiyati bilan birgalikda e’tibor qaratishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi