09:00 / 05.05.2020
2 795

Erdo‘g‘an Turkiyada cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi

Erdo‘g‘an Turkiyada cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi
Foto: Anadolu agency
11 maydan Turkiyada sartaroshxonalar, savdo markazlari va go‘zallik salonlari ishlay boshlaydi. Keksalar va bolalar turli kunda sayrga chiqishlari mumkin bo‘ladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an koronavirus sababli joriy qilingan cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, 10 may kuni 65 yoshdan kattalar, 13 may kuni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 15 may kuni esa 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar soat 11dan 15gacha sayr qilishga chiqishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bir qator viloyatlar: Antaliya, Oydina, Malatya, Mersin, Mugli, Xatay va Erzurumga kirish-chiqishga taqiqlov bekor qilinadi. Shu bilan birga Erdo‘g‘an agar aholi mamlakatda turmush tarzi normallashtirilishi rejasiga amal qilmasa, hukumat choralarni yana qat’iylashtirishi mumkinligini aytgan.

Turkiyada koronavirus tarqalishiga qarshi choralar aprel boshidan kiritila boshlagandi. O‘shanda mamlakatda 20 yoshdan kichiklar va 65 yoshdan kattalarga komendantlik soati kiritilgan hamda 31 ta viloyatga, jumladan, Anqara, Istanbul va Antaliyaga kirish-chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, 10 apreldan har dam olish kunlari barcha aholi uchun ikki kunlik komendantlik soati amal qilib kelgan.

Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 127 mingdan oshib ketgan, undan 3425 kishi vafot etgan, 68 mingdan ko‘proq kishi sog‘aygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Turkiyada cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi