Foto: «RIA Novosti»
Rossiyalik murabbiy va aralash jang usuli (MMA) kurashchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedovning ahvoli yomonlashgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga bergan intervyusida olimpiya kurashi hakami, Nurmagomedovlar oilasining do‘sti Ubaydula Osmanov aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Abdulmannop Nurmagomedov 3 may kuni Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgan.
«Menga uning yaqin qarindoshi qo‘ng‘iroq qilib, ahvoli birdan yomonlashgani va Moskvaga yetkazilganini aytdi. Yuragida muammo bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman», — dedi u.
57 yoshli mutaxassis 25 aprel kuni Dog‘istondagi shifoxonaga tushgani haqida xabar bergandik. Pnevmoniyaga gumon bor edi. Biroq o‘shanda murabbiy o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgandi.
Nurmagomedovning o‘g‘li — yengil vaznda Ultimate Fighting Championship ning mutlaq chempioni. Bundan tashqari, promoushenda rossiyalik murabbiyning boshqa shogirdlari ham ishtirok etadi — Islom Maxachev, Abubakar va Umar Nurmagomedovlar.
Sportchi sifatida Abdulmannop Nurmagomedov sambo va dzyudo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Uning shogirdlari orasida sambo bo‘yicha jahon chempionlari ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”