00:30 / 16.05.2020
3 352

Koronavirusning eng batafsil 3D modeli yaratildi (video)

Koronavirusning eng batafsil 3D modeli yaratildi (video)
Foto: Visual Science
Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratdi.
Model yaratuvchilarining ta’kidlashicha, bu hozirgi kunda koronavirusning eng aniq modeli hisoblanadi.

Dizaynerlarning so‘zlariga ko‘ra, yorqin ranglar bilan virus genomini kodlovchi oqsillar, kul rang tuslari bilan esa virus xo‘jayin-hujayradan oluvchi struktura tasvirlangan.

«Shu orqali biz viruslarning parazit va mustaqil bo‘lmagan tabiatini qayd etamiz», — deydi model mualliflari.
Vizualizatsiya kadrlarida membrana yuzasidagi oqsillarga ega SARS-CoV-2 koronavirusining mayda zarralarini ham ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning eng batafsil 3D modeli yaratildi (video)