09:53 / 16.05.2020
5 613

Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi
Foto: «TASS»
Rossiyada o‘tgan bir sutka davomida SARS-CoV-2 koronavirusi asoratlari oqibatida 113 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar qilgan. Bu SARS-CoV-2 epidemiyasi boshlanganidan beri kuzatilgan yangi antirekord.

29 aprel kuni mamlakatda COVID-19 koronavirusidan eng ko‘p o‘lim holati kuzatilgan va shu kuni 108 kishi koronavirus sabab vafot etgandi, 12 may kuni ham bu borada o‘ta yomon ko‘rsatkichlardan biri kuzatilgan va 107 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgandi. Rossiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 2418 nafarga yetgan.

Rossiyada (85 ta federal hududda) SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 262 843 nafarga yetgan va mamlakat bu borada dunyoda 1,4 million nafar odam kasallangan AQSHdan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi