
Eronda davlat klinikalari va kasalxonalari vazektomiya (erkaklarda urug‘ yo‘lini kesib olib tashlash) operatsiyasini o‘tkazishni va kontratsepsiya vositalarini qo‘llashni to‘xtatdi. Hukumat shu tariqa aholi sonini ko‘paytirishga erishmoqchi, deya yozadi The Guardian.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Aholishunoslik va oila salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Hamid Barakatiyning aytishicha, aholining me’yorida o‘sishi uchun har bir eronlik ayolga o‘rtacha 2,2 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak. Hozir esa bu ko‘rsatkich 1,7 nafarni tashkil etmoqda. 2050 yilga borib Eron aholisining uchdan bir qismi 60 yoshdan kattalardan iborat bo‘lishi kutilmoqda. “Bizga yoqadimi-yo‘qmi, biz qariyotgan mamlakatga aylanamiz”, – dedi Barakatiy. U tug‘ilish darajasining pastligini mamlakatdagi iqtisodiy muammolar bilan izohladi.
Kontratsepsiya vositalarini dorixonalar va xususiy kasalxonalardan olish mumkin, biroq davlat kasalxonalarida bunday vositalar faqatgina homiladorlik ayol uchun xavf tug‘dirgan taqdirdagina qo‘llanadi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, hozir dunyoda har bir ayolga o‘rtacha 2,5 nafar bola to‘g‘ri kelyapti. 2050 yilda dunyo aholisi o‘sishining yarmidan ortig‘i quyidagi to‘qqiz davlatga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda: Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr, AQSH va Demokratik Kongo Respublikasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar