date

Flik: “Atletiko" ustidan irodali g‘alaba jamoaga yangi ishonch berdi

Flik: “Atletiko" ustidan irodali g‘alaba jamoaga yangi ishonch berdi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 19-turida «Atletiko»ga qarshi 3:1 hisobida qozonilgan muhim g‘alabadan keyin jamoa o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib, katta mamnunlik bildirdi. Unga ko‘ra, bu bellashuv nafaqat hisobda, balki ruhiy jihatdan ham jamoaga kuchli turtki bergan.

Flik o‘yindan keyingi intervyusida jamoaning jipsligi va maydondagi muvofiq harakatini alohida ta’kidladi:

«Biz kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. Jamoa sifatida birlashdik, har bir o‘yinchi o‘z vazifasini sidqidildan bajardi. Men uchun asosiysi — bir butun bo‘lib harakat qilish. Bu o‘yinda nazorat ko‘proq bizda bo‘ldi, bo‘sh hududlardan samarali foydalandik, ko‘proq vaziyat yaratdik. “Atletiko”ga qarshi bunday ishonch bilan o‘ynash — juda muhim yutuq», — dedi Flik Marsa nashriga.

Kataloniyaliklar 15 ta uchrashuvdan so‘ng 37 ochko to‘plab, La Ligadagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Atletiko» esa 31 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

Flik boshchiligidagi “Barsa” har turda o‘ziga xos, dinamik va tezkor futbol ko‘rsatayotgani klub muxlislarini ham, futbol tahlilchilarini ham quvontirib turibdi. Jamoa ushbu sur’atni saqlab qolsa, mavsumning qolgan qismida raqobatchilar uchun yanada jiddiy xavfga aylanishi tayin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: “Atletiko" ustidan irodali g‘alaba jamoaga yangi ishonch berdi