
Italiya kubogida 1/8 final bosqichi rasman start oldi va undagi ilk to‘qnashuvlardan biri Turinda bo‘lib o‘tdi. «Yuventus» o‘ziga mos darajada harakat qilib, «Udineze»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvning birinchi qismidayoq “zebralar” tashabbusni qo‘lga oldi. 23-daqiqada Jonatan Devid jamoaviy kombinatsiyani a’lo darajada yakunlab, hisobni ochdi. Shu goldan keyin turinliklar o‘yinni yanada erkinlashtirdi va raqibni bosim ostida ushlab turdi.
Ikkinchi bo‘limda ham manzara o‘zgarmadi. «Yuve» o‘yinni nazorat qilib bordi va 68-daqiqada Manuel Lokatellining aniq zarbasi bilan hisobni ikki baravar oshirdi. Bu gol amalda o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi, «Udineze» esa kuchli raqibga qarshi qaytish imkonini topa olmadi.
Shu tariqa, Spalletti shogirdlari kubokdagi navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi. «Udineze» esa musobaqadagi ishtirokini shu yerda yakunladi.
Italiya kubogi. 1/8 final
Yuventus – Udineze: 2:0
Gollar: Devid 23, Lokatelli 68
Yuventus: Di Gregorio, Kalulu, Gatti (Lokatelli, 56), Kelli, Kambyazo, Kopmeyners, Miretti (Konseysau, 75), Kabal (Joao Mariu, 74), Makkenni, Yildiz (Jegrova, 83), Devid (Openda, 74)
Udineze: Sava, Palma (Guye, 71), Solet (Kristensen, 81), Bertola, Eizibuye, Lovrich, Zarraga (Miller, 59), Atta, Zemura, Buksa, Zaniolo (Bravo, 59)
Turinliklar endi navbatdagi bosqich raqibini kutmoqda. «Yuve»ning bu mavsumgi maqsadi aniq: kubok uchun so‘zsiz kurashish va finalgacha yetib borish. Muxlislar esa jamoasidan yanada kuchli o‘yinlarni kutib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.