date

Prada Versace’ni 1,5 milliard dollarga sotib oldi

Prada Versace’ni 1,5 milliard dollarga sotib oldi

Italiyaning eng mashhur va hashamatli kiyim-kechak brendi Prada o‘zining uzoq yillik istaklari va strategik rejalarini amalga oshirib, Versace brendini 1,5 milliard dollar evaziga sotib oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Prada va Versace o‘rtasidagi savdoning rasmiy shartnomasi 2025-yilning aprel oyida imzolandi. Kompaniya Capri Holdingsdan Versaceni 1,3 milliard yevro (1,51 milliard dollar) ga sotib oldi. Shuningdek, bu savdo jarayoni Caprining Tapestry kompaniyasiga sotilishi bilan bog‘liq antimonopoliya organlarining qarshiligi sababli kechikkanidan keyin amalga oshgan.

Prada guruhining egalari Miuchcha Prada va Patritsio Bertellining o‘g‘li Lorenso Bertelli noyabr oyida Reuters’ga bergan intervyusida, integratsiya jarayoni tugallangach, shaxsan Versacening ijrochi raisi lavozimini qabul qilishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prada bu kelishuvga bir necha yillardan beri intilayotgandi.

Lorenso Bertelli so‘zlariga ko‘ra, "COVID davrida ham biz Capri bilan aloqada bo‘lganmiz. Tapestri’ga sotilishdan oldin ham muzokaralar olib borilgan. Ushbu kelishuv antimonopoliya sababli bekor bo‘lganidan so‘ng, biz har bir harakatni tezlashtirishga qaror qildik. Bu, albatta, uzoq vaqtdan beri kutilayotgan muhim qadam edi."

Versace brendi 1978-yilda Janni Versachi tomonidan Milanda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining zamonaviy va jozibali estetikasi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Hozirda bu brend Prada guruhi tarkibiga qo‘shilishi bilan global modaning yangi bosqichiga o‘tadi. Prada guruhi tarkibida shundan tashqari tez o‘sib borayotgan Miu Miu brendi ham mavjud.

Hamma uchun muhim axborotlardan biri, mart oyida, Donatella Versachi Versacening ijodiy direktorlik lavozimini yakunlashini e’lon qildi. Uning o‘rnini, Miu Miu’ning dizayn direktori bo‘lgan Dario Vitale egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Prada Versace’ni 1,5 milliard dollarga sotib oldi