
Yevropaga ultimatum: "biz hozirning o‘zida tayyormiz"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya zovyot!" investitsiya forumida so‘zga chiqib, mamlakati Yevropa bilan jang qilishni xohlamasligini, ammo agar urush boshlansa, Moskva «hozirning o‘zida bunga tayyor» ekanini ma’lum qildi (RBK nashri xabar tarqatdi).
Uning ta’kidlashicha, Yevropa AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘li bilan hal qilishga xalaqit bermoqda. "Yevropa Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazish tezisini o‘ziga qurol qilib oldi va hozirgacha bu xomxayollar bilan hayot kechirmoqda. Ular urush tomonida", dedi Putin. Bryussel Rossiyaga nomaqbul tinchlik takliflarini ilgari surishga davom etmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» tom ma’nodagi urush emas, chunki "Rossiya Ukrainada jarrohlik yo‘li bilan, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri, zamonaviy ma’nodagi urush emas", deya izoh berdi.
Qora dengizdagi qaroqchilik va eng radikal javob
Putin Qora dengizdagi vaziyatga ham qat’iy to‘xtaldi. Agar Ukraina tankerlarga hujumni davom ettirsa, Rossiya Ukrainaga yordam berayotgan davlatlarning kemalariga qarshi «javob choralari» ko‘rish imkoniyatini o‘rganib chiqishi mumkin.
Rossiya prezidenti Ukraina tomonining harakatlarini «dengiz qaroqchiligi» deb atadi. Eng radikal javob – Ukrainani Qora dengizdan butunlay uzib qo‘yish, shunda «qaroqchilik bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi», deya ogohlantirdi Putin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.