19:26 / 07.07.2020
5 058

Qozog‘iston koronavirusni jilovlay olmayaptimi?

Qozog‘iston koronavirusni jilovlay olmayaptimi?
REUTERS
Yakshanbadan Qozog‘istonda yana jamoat transporti harakati cheklandi, odamlarga uch kishidan ortiq yurish taqiqlandi. Sport iinshootlari va savdo markazlari yopilib, ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda bbc.com xabar berdi.

Qozog‘iston ana shu cheklovlar tufayli butun mamlakat bo‘ylab ikkinchi marta karantin joriy qilgan dunyodagi birinchi davlat sifatida tarixga kirdi. Biroq mamlakatda xalqaro parvozlar to‘xtatilmayapti, mintaqalararo harakatlanish erkin. Dorixona, oziq-ovqat do‘konlari va bozorlar faoliyatiga ruxsat berilgan.

Manbada aytilishicha, Qozog‘istonda oldingi karantin choralari 16 martdan 11 mayga qadar amal qilgan. Yangi cheklovlar ikki hafta davom etishi kerak. Ammo birinchi marta karantin joriy qilingan paytda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni hozirgidan besh barobar kam yoki 9 ming nafar edi. Hozir esa bu ko‘rsatkich 48 ming 500 nafarni tashkil etmoqda.

Karantin choralari bekor qilingan 11 mayning o‘zida 5100 ta yangi holat qayd etilgan. Aksar qozog‘istonliklar ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqish haqidagi tavsiyalarga rioya qilmagani, ta’til uchun xorijiy mamlakatlarga yo‘l olgani aytiladi.

Ayni paytda Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayev Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurashni boy berayotgani va hukumat vaziyatni nazorat qilmayotgani haqidagi tanqidlarni rad etgan.

Toqayev Qozog‘iston matbuotiga bergan intervyusida hukumat virusni jilovlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rayotganini aytib, mamlakat aholisini karantin tartibiga qat’iy amal qilish va sanitariya qoidalarini saqlashga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston koronavirusni jilovlay olmayaptimi?