Foto: «Izvestiya»
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda eng yaxshi samara beradigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda ScienceDaily xabar bergan.
Tadqiqotchilar uch xil turdagi tibbiy niqobni o‘zaro solishtirgan: bir qavatli qo‘lbola niqob, ikki qavatli ipak niqob hamda uch qavatli jarrohlik niqobi.
Olimlar o‘z tajribasi uchun yuqori yoritish tizimiga ega maxsus diod chiroqlaridan va yuqori tezlikda tasvirga tushiradigan kameradan foydalangan. Ular mazkur qurilmalar yordamida suhbat davomida mikroskopik tomchilar, yo‘tal va aksa urish zarralarining har bir turdagi niqobdan o‘tishini kuzatgan.
Videoyozuv uch qavatli jarrohlik niqobi eng samarali himoya vositalaridan biri ekanini ko‘rsatgan, lekin bir qavatli tibbiy niqob ham tarqalayotgan zarra tomchilar sonini kamaytira olgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, niqobning himoyaviy xususiyatlariga unga ishlatilgan xom ashyo, dizayn, yuzga qay darajada yaqin taqish va niqobning yuvilish holati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Avstraliyalik olimlar fikricha, qo‘lbola niqoblarni ham ikki qavatli ipak materialdan tayyorlash lozim.
Avval 25 iyulda Lissabondagi molekular tibbiyot instituti mutaxassislari SARS-CoV-2 koronavirusini yo‘q qila oladigan tibbiy niqob yaratgan. Niqob ko‘p martalik shaxsiy himoya vositasi bo‘lib, maxsus suv o‘tkazmaydigan bir necha qavatdan iborat.
Shuningdek, may oyida Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan Ayova shtati olimlar guruhi tadqiqotlarida koronavirusdan himoyalanish uchun tibbiy niqoblardan ko‘ra plastmassadan yasalgan qalqonlar ko‘proq samara berishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?