13:37 / 19.08.2020
3 033

Kim Chen In KXDR aholisiga it boqishni taqiqladi

Kim Chen In KXDR aholisiga it boqishni taqiqladi
KXDR rasmiylari mamlakat aholisini xonaki itlarni topshirishga majbur qilmoqda, chunki ular kapitalizm ramzi hisoblanadi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, «Gazeta.ru» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, iyul oyida Kim Chen In xonaki itlarni «burjuaziya ideologiyasining buzilgan trendi» deb atagan va it boqish bundan buyon qonunga xilof ekanligini e’lon qilgan.
Hayvonlar egalarining xavotiriga ko‘ra, ularning itlaridan mamlakatdagi oziq-ovqat taqchilligi muammosini hal qilishda foydalaniladi.

Janubiy Koreyaning «Choson ilbo» nashriga KXDRdagi manbaning xabar berishicha, xonaki itlar zo‘rlik bilan egalaridan tortib olinmoqda va dori bilan o‘ldirilmoqda, ba’zi itlar esa davlat hayvonot bog‘lariga jo‘natilmoqda yoki it go‘shti sotadigan restoranlarga sotilmoqda. Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, taqiq Pxenyandagi ko‘plab o‘rta qatlam vakillari uchun kutilmagan bo‘ldi.

Mamlakatdagi o‘ziga to‘q oilalar 1989 yildagi Butunjahon yoshlar va talabalar festivali oldidan Shimoliy Koreyadagi rejim kuchsizlashganidan keyin it boqishni boshlagan.

Xabar berilishicha, it go‘shti Janubiy Koreyada ommaboplikni yo‘qotmoqda, biroq KXDRda ko‘p talab qilinadigan mahsulot sifatida qolmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya aholisining 60 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelmoqda, bu yetishmovchilik xalqaro sanksiyalar sababli yomonlashmoqda. Koronavirus sababli Xitoy bilan chegaralar yopilganidan keyin vaziyat yanada murakkablashgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi uning xalqi hech qanday tashqi yordamni qabul qilmasligini va o‘zi mustaqil kurashishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR birinchi marta iyul oyining oxirida COVID-19’ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi. Keyinroq mazkur shahar ochilgani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In KXDR aholisiga it boqishni taqiqladi