11:00 / 16.09.2020
2 792

Koronavirus: Dunyo 20 yil ortga qaytgan, umid – Kaliforniyadagi nanotanadan

Koronavirus: Dunyo 20 yil ortga qaytgan, umid – Kaliforniyadagi nanotanadan
Foto: AP/TASS
Sayyoramizda Covid-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 30 millionga yaqinlashmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri 929 ming kishi qurbon bo‘ldi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 20 million kishi kasallikdan sog‘ayib ketdi.

O‘tmishga yuzlanish

Covid-19 pandemiyasi dunyoni rivojlanishdan ortga qaytardi, mutaxassislar buning necha yilga teng ekani borasida bahslashishmoqda. Dushanba kuni Bill & Melinda Geyts Jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan yillik katta hisobotda 20 yil haqida gap boradi.

Hujjatda aytilishicha, pandemiyaning bir necha oyi xalqaro tashkilotlar yillar davomida intilgan natijalarni haqiqatan bekor qilib yubordi. Bu vaqt ichida o‘ta qashshoqlikda yashovchilar soni yetti foizga o‘sdi.

Bundan tashqari, sayyoramizdagi boshqa kasalliklarga qarshi emlangan insonlar soni 1990-yillar darajasiga tushib ketdi.

«O‘zaro og‘irlashtiruvchi ofatlar» - bu Covid-19 pandemiyasi uchun eng yaxshi ta’rif. Avvalo, virusning o‘zi paydo bo‘ldi, keyin hukumatlar unga qarshi kurashish uchun resurslarni qayta taqsimlashni boshladi, so‘ngra odamlar virusni yuqtirishdan qo‘rqib, shifokorlarga murojaat qilmay qo‘yishdi: bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasidagi to‘laqonli falokatning elementlaridir», deyiladi xabarda.

Bularning barchasiga qaramay, Geytsning o‘zi yo‘qotishlar o‘rnini ikki-uch yil ichida to‘ldirib olish mumkinligiga ishonch bildiradi, faqat buning uchun turizm sohasi qayta tiklanishi va Jahon banki zarar ko‘rgan mamlakatlar oyoqqa turishi uchun kreditlar ajratishi kerak.

Geyts BBC'ga bergan intervyusida, shuningdek, Covid-19 bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan fitna nazariyalaridan xavotirdaligini qo‘shimcha qildi. Ulardan birida Geytsning o‘zi pandemiyadan emlash niqobi ostida odamlarga mikrochiplarni joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanishi haqida gap boradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki qo‘shma tashkiloti - Global tayyorgarlik monitoringi kengashi tomonidan bugun yana bir pessimistik hisobot e’lon qilindi.

Dunyoning yangi epidemiyalarga tayyor yoki tayyor emasligini kuzatuvchi tashkilot seshanba kuni Covid-19 singari yangi viruslar paydo bo‘lish ehtimoliga bugungi kunda deyarli e’tibor qaratilmayotganini ta’kidladi.

Kaliforniya nanotanalari virus bilan kurashishda yordam beradi

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari Sars-Cov-2 koronavirusini samarali zararsizlantiradigan oqsil molekulasini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Agar uning asosida aerozol yaratishning uddasidan chiqilsa, ushbu preparat Covid-19'ni davolash va kasallikning oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.

Vaksinani ishlab chiqish bilan bir qatorda, dunyo bo‘ylab o‘nlab tadqiqot guruhlari yangi koronavirusga davo izlamoqda. Virus uning yuzasida joylashgan tikanlar tufayli inson hujayralariga kirib borganligi sababli, olimlarning vazifasi molekulalari virus tojining tikanlariga xuddi xanjarni qoplagan qin kabi joylashadigan moddani topishdir.

Bunday molekula go‘yo tikan ustiga o‘tirib, uning shaklini o‘zgartiradi - bunday «deformatsiyalangan» virus esa o‘zining yuqtirish qobiliyatini yo‘qotadi, chunki u bu holatda hujayraga kirish va u yerda ko‘payishning uddasidan chiqolmaydi.

Inson immunitet tizimi xuddi shunday ishlaydi. Koronavirusga qarshi kurashish uchun tana tomonidan ishlab chiqariladigan antitanalar faqat xuddi shu prinsip asosida harakat qiladigan maxsus shakldagi molekulalardir.

Odamlar va boshqa ko‘plab sutemizuvchilarning antitanalari mitti virusga nisbatan ancha bahaybat, ammo tuyalar oilasiga mansub hayvonlarda (ayniqsa lamalarda) ularning hajmi ancha kichik va shuning uchun bunday «nanotanalar» nisbatan samaraliroq bo‘ladi.

Aynan mana shunday - faqat sun’iy yo‘l bilan kelib chiqqan - molekula Kaliforniya universiteti aspiranti Maykl Shuf tomonidan ham ishlab chiqilgan. Laboratoriyada o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bir-biriga bog‘langan uchta nanotana virusni mukammal zararsizlantiradi va uning toji tikaniga mahkam o‘rnashadi.

Ushbu tajribalarni tavsiflovchi ilmiy maqola qoralamasi bioRxivo veb-saytida deyarli bir oy oldin nashr etilgan va hali ham ilmiy jamoatchilik tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Biroq, matn bilan avvalroq tanishgan olimlar amerikalik magistrantning kashfiyotiga katta umid bog‘lashyapti va uning pandemiyaga qarshi kurashda haqiqiy yutuq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Serbiyalik harbiy jinoyatchi Momchilo Kraishnik koronavirusdan vafot etdi

Serbiya Respublikasining sobiq bosh vaziri, Haaga tribunali tomonidan sobiq Yugoslaviyada etnik tozalash ishlari o‘tkazishda ayblanib 20 yilga qamalgan Momchilo Kraishnik koronavirusdan vafot etdi.

75 yoshda bo‘lgan Kraishnik ozodlikda edi. 2013 yilda u muddatning katta qismini o‘tab bo‘lgani uchun ozod qilingandi. U o‘tgan haftada ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilib, Banya-Luke shifoxonasiga yotqizilgandi.

Asli Sarayevodan bo‘lgan iqtisodiyot magistri Kraishnik bosniyalik serblar yetakchisi Radovan Karadjichning yaqin safdoshi hisoblangan. U 2000 yilda qamoqqa olingandi.

Karadjichaning o‘zi o‘tgan yili Haaga tribunali tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 1995 yilda Srebrenitsada musulmonlar genotsidini uyushtirishda aybdor deb topilgan.

Avvaliga, 2016 yilda sobiq Yugoslaviya bo‘yicha tribunal bosniyalik serblarning sobiq yetakchisiga 40 yillik qamoq jazosini bergandi.

Dunyoda: Portugaliya yana yopildi, Chexiya Slovakiya va Kiprning «qora ro‘yxati»da
Ispaniya va Fransiyada kunlik kasallanish holatlari o‘sishda davom etmoqda. Marseldagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlari va intensiv terapiya bo‘limlarida bo‘sh joy qolmagan.

Marsel mamlakatdagi ikki asosiy o‘choqdan biriga aylangan, yana bir koronavirus o‘chog‘i - Fransiya janubi-g‘arbidagi Bordo shahrida.

Portugaliya: o‘tgan haftada Lissabonda joriy etilgan cheklov choralari endilikda butun mamlakat uchun amal qiladi. Jamoat joylaridan o‘ndan ortiq kishi yig‘ilishi mumkin emas, kechqurungi soat sakkizdan keyin alkogol mahsulotlari sotilishi taqiqlanadi.
Ruminiyada maktablar ochildi. Bugun ruminiyalik 2,8 mln o‘quvchi darslarni boshladi. Maktabda niqob taqish majburiy hisoblanadi.
Chexiyada amaldorlar kasallanish holatlari keskin oshishidan ogohlantirishmoqda. Mamlakatda bir kishining boshqalarga kasallik yuqtirishini ifodalovchi reproduktiv son — R’ning ko‘rsatkichi 1,59ga yetgan.
Slovakiya Chexiyani «qora ro‘yxat»ga kiritdi. Juma kunidan e’tiboran ushbu qo‘shni davlatdan Slovakiyaga keluvchilar koronavirusga testning manfiy natijani ko‘rsatishi shart bo‘ladi yoki 5 kun davomida izolyatsiyada bo‘lishadi. Chexiya Kipr hukumati tomonidan ham shunday «qora ro‘yxat»ga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: Dunyo 20 yil ortga qaytgan, umid – Kaliforniyadagi nanotanadan