date

AQSh va Rossiya yetakchilari Budapeshtda uchrashishni rejalashtirdi

AQSh va Rossiya yetakchilari Budapeshtda uchrashishni rejalashtirdi

Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, muloqot juda samarali va muhim natijalarga boy boʻlgan, deb xabar berdi Reuters.

Tramp oʻz ijtimoiy tarmoq sahifasida yozishicha, Putin uni va AQShni Yaqin Sharqda “asrlar davomida intizor boʻlingan tinchlik” bilan tabriklagan. Buni u mintaqadagi katta diplomatik yutuq sifatida baholagan. Prezident fikricha, Yaqin Sharqdagi bu ijobiy siljishlar Moskva va Kiyev oʻrtasidagi muzokaralar jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Tramp ta’kidlashicha, Putin suhbat chogʻida birinchi xonim Melaniya Trampga ham alohida minnatdorchilik bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, Melaniya ukrain bolalar taqdiri bilan qiziqib kelayotgani Kreml tomonidan yuqori baholangan. “U juda minnatdor boʻldi va bu ish davom etishini aytdi”, deya yozdi Tramp.

Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi mojarolar tugagach, Rossiya va AQSh oʻrtasidagi savdo sohasidagi yangi imkoniyatlar haqida ham suhbatlashgani ma’lum qilindi. Trampning ta’kidlashicha, “kelasi haftada ikki mamlakatning oliy darajadagi maslahatchilari uchrashuvi boʻlib oʻtadi”. Unda AQSh delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qilishi kutilmoqda. Uchrashuv joyi hozircha aniqlanmagan.

Shu bilan birga, Tramp Putin bilan shaxsiy muloqotni Vengriya poytaxti Budapeshtda oʻtkazish niyatida ekanini ham e’lon qildi. “Biz kelishilgan joyda uchrashib, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi bu urushga chek qoʻyish imkoniyatini muhokama qilamiz”, dedi u.

Trampning aytishicha, u ertaga Oval kabinetda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Putin bilan boʻlgan suhbat va boshqa muhim masalalarni muhokama qiladi. “Bugungi telefon orqali muloqot katta ildamlik boʻldi, deb hisoblayman”, — deya xulosa qildi Tramp.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh va Rossiya yetakchilari Budapeshtda uchrashishni rejalashtirdi