date

Kapadze yangi bosqich arafasida: Indoneziya uni bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda

Kapadze yangi bosqich arafasida: Indoneziya uni bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze yana xalqaro futboldagi jiddiy loyihalar markazida. "Goal Media"ning yozishicha, u Indoneziya milliy terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziya futbol federatsiyasi hozircha uch nafar mutaxassis nomzodini muhokama qilmoqda: o‘zbekistonlik Kapadze, "Persiya" klubining sobiq ustozi — germaniyalik Tomas Doll va Iroq terma jamoasi eks-murabbiyi, ispaniyalik Xesus Kasas.

Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiy siz qolganidan so‘ng federatsiya yaqin kunlarda qaror qabul qilishni rejalashtirgan. Avvalgi bosh murabbiy Patrik Klyuyvert bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan edi. Gollandiyalik mutaxassis bu lavozimga joriy yilning 8 yanvarida tayinlangan, ammo natijalar kutilgan darajada bo‘lmadi.

11 oktyabr kuni Indoneziya Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida Iroqqa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va AQSh, Meksika hamda Kanadada bo‘lib o‘tadigan musobaqaga yo‘l olish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Tahlilchilar fikricha, Kapadzening nomzodi Indoneziya uchun mantiqan mos — u yoshlar bilan ishlashda katta tajribaga ega, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyati davomida jamoaviy intizom va yuqori dinamika bilan ajralib turgan.

Agar kelishuv amalga oshsa, Kapadze Janubi-Sharqiy Osiyo futbolidagi ilk o‘zbekistonlik bosh murabbiylardan biriga aylanadi. Bu nafaqat shaxsiy karyeradagi yangi qadam, balki milliy murabbiylar uchun xalqaro maydondagi navbatdagi yutuq bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapadze yangi bosqich arafasida: Indoneziya uni bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda