date

Rossiyada 340 karatlik ulkan olmos topildi

Rossiyada 340 karatlik ulkan olmos topildi

Rossiyada yana bir jahon miqyosidagi qimmatbaho topilma aniqlandi — Arxangelsk viloyati hududida og‘irligi 340 karatga teng bo‘lgan ulkan olmos qazib olindi. Mutaxassislar bu toshni zamonaviy Rossiya tarixida topilgan eng yirik beshta olmos qatoriga kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, toshning o‘lchami 50×39,4×24,8 millimetr bo‘lib, u sanoat miqyosidagi qazib olish jarayonida topilgan eng katta tabiiy kristalllardan biri hisoblanadi. Kompaniya ma’lumotida ta’kidlanishicha, bu noyob tosh juda sof va yuqori shaffoflikka ega bo‘lib, kristall tuzilishi juda barqaror.

“Mutaxassislar ushbu kristallni noyob olmoslar toifasiga kiritdi. Ularning bunday sofligi va shaffofligi tabiatda juda kam uchraydi — bunday toshlar ulushi tabiiy olmoslarning atigi 2 foizini tashkil etadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Ushbu noyob tosh Vladimir Grib konida topilgan bo‘lib, bu yerda olmos qazib olish ishlari 2013-yildan buyon amalga oshiriladi. Kon Rossiyaning eng yirik sanoat obyektlaridan biri hisoblanadi va u yillik qazib olish hajmi bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinda turadi.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda topilgan eng katta olmos — “Kullinan” deb nomlangan tosh bo‘lib, u 1905-yil 25-yanvar kuni Janubiy Afrikada topilgan. Og‘irligi 3106 karat bo‘lgan ushbu tosh keyinchalik “Afrika yulduzi” deb nomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 340 karatlik ulkan olmos topildi