Yerda ilgari mutaxassislar tomonidan bashorat qilingan kuchsiz magnit bo‘roni boshlandi. Bu haqda Amaliy geofizika instituti ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yerning magnit maydonidagi buzilish darajasi besh ballik shkala bo‘yicha G1 sathida qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, bu shkalada G5 — juda kuchli, G1 — yengil (zaif) bo‘ronni anglatadi.
Bundan oldin Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Koinot tadqiqotlari instituti hamda Sibir bo‘limiga qarashli Quyosh–Yer fizikasi instituti mutaxassislari 12 oktyabr kuni Quyoshdagi toj teshigi Yerga ta’sir eta boshlashi mumkinligini bildirgan edi. Olimlarning ta’kidlashicha, aynan shu holat magnit faolligining kuchayishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Ayni damda mutaxassislar Yer atrofidagi magnit muhitini kuzatishni davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!