date

AQSHni tarixdagi eng dahshatli zilzila kutmoqda

AQSHni tarixdagi eng dahshatli zilzila kutmoqda

The New York Times nashri yozishicha, AQSH hududida tarixdagi eng kuchli zilzila sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Bunga tektonik plitalarning yorilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, mamlakatning g‘arbiy qismida, xususan Kaliforniyada joylashgan San-Andreas yorig‘ida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 8 balllik zilzila Tinch okeani shimoli g‘arbidagi Kaskadiya subduksiya zonasida yanada kuchli seysmik falokatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat “Shimoliy Amerika tarixidagi eng katta tabiiy ofat” sifatida qayd etilishi ehtimolini oshiradi.

Mutaxassislar buning ro‘y berishi ehtimoli yuqori emasligini ta’kidlashsa-da, “zanjirli seysmik xavf”ni butunlay inkor etib bo‘lmasligini isbotlovchi ayrim ilmiy dalillarni keltirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHni tarixdagi eng dahshatli zilzila kutmoqda