date

Davlat foydasiga boj undirildi

Davlat foydasiga boj undirildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim davlat ijrochisi R.Mirxalilovning ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining arizachi fuqaro K.A.ning javobgar A.A.dan boshqa bitim (shartnoma)lar to‘g‘risidagi arizasiga asosan, sudning hal qiluv qarori bo‘yicha davlat foydasiga 9.792.000 so‘m boj undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatida tomonlar MCHJ ta’sischilari bo‘lib, jamiyat ta’sischisi A.A.ning fuqaro K.A.ni MCHJ ishtirokchilari safidan chiqarish hamda uning ulushini jamiyatning oxirgi hisobot yildagi tegishli foiz miqdorida to‘lash to‘g‘risidagi da’vo talablari sud tomonidan qanoatlantirilib, sudning chiqarilgan hal qiluv qarori yuzasidan to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji ta’sischi A.A.dan undirilishi belgilangan.

Ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 43-1-moddasi oltinchi qismiga asosan 5 (besh) kunlik muddatda davlat boji summasini to‘lash kerakligi hamda ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan muddatda davlat ijrochisining talablarini bajarmagan taqdirda unga nisbatan ijro yig‘imi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 06.10.2025-yilda davlat foydasiga 9.792.000 so‘m davlat boji to‘liq undirilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat foydasiga boj undirildi