15:15 / 02.10.2020
2 058

Belarusda ilk ko‘ngilli Rossiyaning COVID-19’ga qarshi vaksinasini qabul qildi

Belarusda ilk ko‘ngilli Rossiyaning COVID-19’ga qarshi vaksinasini qabul qildi
Foto: «Moskva» AA
Belarusda birinchi ko‘ngilli Rossiyaning COVID-19’ga qarshi vaksinasini oldi. Bu haqda «TASS»ga Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznetsov ma’lum qilgan.

«Belarusda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan yaratilgan ‘Sputnik-V’ vaksinasi klinik sinovlarining birinchi ishtirokchisi emlandi», — degan u.

Avvalroq Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligida Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi klinik sinovlari 1 oktabrdan boshlangani ma’lum qilingan.

Belarus sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Dmitriy Pinevichning so‘zlariga ko‘ra, sinovda 100 kishi ishtirok etadi. U, shuningdek, 4000 nafardan ortiq belarusliklar vaksinatsiyada ishtirok etish istagini bildirganini ma’lum qilgan.

Belarus Rossiyada ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng «Sputnik V» vaksinasi klinik sinovlarini boshlagan birinchi xorijiy davlat bo‘ldi. Mazkur masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida 24 iyunda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda muhokama qilingan, prezidentlar Rossiyada yaratilgan vaksina sinovlarining uchinchi bosqichida belarusliklar ko‘ngilli sifatida ishtirok etishi yuzasidan kelishib olgandi. Shuningdek, Belarus mazkur vaksina yetkazib beriladigan birinchi mamlakat bo‘ladi.

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha Qozog‘iston ham bitim imzolagan, O‘zbekiston ham ushbu vaksinaning 5000 dozasini yetkazib berish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilgan. O‘zbekiston, shuningdek, Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga ham qiziqish bildirgan.

Hindiston va Rossiya o‘rtasida «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda ilk ko‘ngilli Rossiyaning COVID-19’ga qarshi vaksinasini qabul qildi