18:38 / 08.10.2020
2 693

Qirg‘izistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi

Qirg‘izistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi
Foto: Vladimir Voronin / AP
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati yuqori lavozimdagi amaldorlarni mamlakatdan chiqarmaslik topshirig‘ini oldi. Bu haqda chegara xizmati vakiliga tayanib TASS xabar berdi.

"Shunday topshiriq berildi va tabiiyki, topshiriqni bajaramiz", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara xizmati bo‘linmalari 24 sentabrdan kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
"Bu hozirda bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq emas, parlament saylovlari bois 24 sentabrdan mana shunday tartibga o‘tganmiz", - deb ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar 5 oktabr kuni kechqurun Bishkekda Oq uyni va milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosini qamal qilishdi. Bishkek markazidagi asosiy maydonda militsiya bilan bir necha soat davom etgan to‘qnashuvlardan keyin namoyishchilarning qo‘li ustun keldi. 6 oktabr kuni saylov natijalari haqiqiy emas deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi