08:45 / 19.10.2020
4 444

Uchinchi jahon urushi ssenariysi qanday bo‘ladi? Amerikacha qarash

Uchinchi jahon urushi ssenariysi qanday bo‘ladi? Amerikacha qarash
Foto: «Newstes.ru»
AQSH harbiy-dengiz kollejida milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha professor, podpolkovnik Uilyam Adlerning so‘zlariga ko‘ra, mabodo Uchinchi jahon urushi boshlanadigan bo‘lsa, harbiy harakatlar faqat havoda va quruqlikda davom etmaydi, koinot va kibermakon ham jalb etiladi. U bu haqda «The National Interest» jurnalida chop etilgan o‘zining maqolasida yozib qoldirgan.

Podpolkovnikning aytishicha, bordi-yu, urush kelib chiqadigan bo‘lsa, Xitoy, Rossiya yoki Shimoliy Koreya AQSHning ichki hududlariga «hujum qiladi».

«Bunday hujumlar kiberelektrmagnit spektrdan foydalanishni o‘z ichiga qamrab oladi», — deya ta’kidlaydi Adler.

Professorning qayd etishicha, harbiy harakatlar kommunikatsiya, moliya va transport tarmoqlari faoliyatini ishdan chiqaradi.
Adlerning so‘zlariga ko‘ra, yangi mojaro kelib chiqadigan bo‘lsa, yo‘qotishlar soni Ikkinchi jahon urushidagidan kam bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchinchi jahon urushi ssenariysi qanday bo‘ladi? Amerikacha qarash