Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida 2018 yil oktabrda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Xadija Chingiz Vashingtonda joylashgan notijorat tashkiloti bilan birgalikda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni sudga berdi.
Bloomberg axborot agentligining advokatga tayanib xabar berishicha, Chingiz Saudiya valiahd shahzodasini Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda.
Ma’lum qilinishicha, AQSHdagi federal sudga Qoshiqchining qallig‘i va marhum jurnalist tomonidan tashkil etilgan Democracy for the Arab World Now (Arab olami uchun hozirdayoq tinchlik) deb nomlangan tashkilot arz qilgan. Ta’kidlanishicha, 7 ta ayblov bandidan iborat arznomada podshohlikning yana 28 fuqarosi tilga olingan.
Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha Saudiya Arabistonida yakuniy hukmlar joriy yilning 7 sentabrida o‘qilgan. Unga ko‘ra, 5 kishi 20 yillik, bir kishi 10 yillik va 2 kishi 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Rasmiy Ar-Riyodning siyosati haqidagi tanqidiy maqolalari bilan ma’lum bo‘lgan jurnalist AQSHda yashagan va The Washington Post nashri bilan hamkorlik qilgan. U 2018 yil 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh kolsunxonasiga tashrifi vaqtida izsiz yo‘qolgan. 20 oktabrda esa Saudiya Arabistoni rasmiylari Qoshiqchi konsulxonada chiqqan nizo vaqtida o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
Xalqaro hamjamiyat ushbu qotillikni qoralagan va Ar-Riyodni u bo‘yicha shaffof tergov o‘tkazishga chaqirgan. Tergovning dastlabki natijalari 2018 yilning 15 noyabridayoq e’lon qilingan. O‘shanda Ar-Riyodning ta’kidlashicha, jurnalistni o‘ldirish emas, Saudiya Arabistoniga olib chiqib ketishmoqchi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi