Foto: 24.kg
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-tergov izolyatoridagi sharoitlarga nisbatan norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev xabar berdi.
"Atamboyev davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan Bishkekdagi 1-tergov izolyatoriga o‘tkazildi. U ochlik e’lon qildi. Atamboyev hozir ilgari o‘lim jazosiga hukm qilinganlar joylashtirilgan yerto‘lada yotibdi. U yerda oddiy sharoitlar ham yo‘q", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgandi. Ular Atamboyev saqlanayotgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan va uni ozodlikka chiqarishgandi.
Almazbek Atamboyev 10 oktabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi.
Ma’lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qo‘yilgan asosiy ayblov sifatida jinoyatchi Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atamboyev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi