23:37 / 27.10.2020
2 470

Almazbek Atamboyev tergov izolyatoridan axloq-tuzatish koloniyasiga o‘tkaziladi

Almazbek Atamboyev tergov izolyatoridan axloq-tuzatish koloniyasiga o‘tkaziladi
Foto: TASS
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-sonli tergov izoyatoridan 47-sonli koloniyaga o‘tkaziladi. Avvalroq Atamboyev Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 1-sonli tergov izolyatoriga o‘tkazilgandan keyin ochlik e’lon qilgandi.

27 oktabrda Atamboyevning oldiga Qiynoqlar oldini olish bo‘yicha milliy markaz xodimlari tashrif buyurishgan. Markaz vakillarining ta’kidlashicha, sobiq prezident 1-qavatdagi 4 kishilik kamerada yana bir sudlanuvchi bilan birga saqlanmoqda.

Atamboyev suhbat chog‘ida yomon sharoitlar, jumladan kameradagi past haroratdan shikoyat qilgan. Atamboyev ochlik e’lon qilishini Aziz Batukayev ishi bo‘yicha sud jarayoni yopiq tarzda o‘tayotgani bilan tushuntirgan. Bundan tashqari, uni tibbiy yordamga muhtojligi sababli Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 47-koloniyaga o‘tkazishlari kerak edi. Biroq bugungi kunda u 1-sonli tergov izolyatorida saqlanmoqda. U sud jarayonining ochiq rejimda o‘tkazilishi va darhol 47-sonli koloniyaga o‘tkazilishini talab qilmoqda”, deb ma’lum qilgan markaz vakili.

Atamboyev Qirg‘izistonda oktabr boshida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida tergov izolyatoridan ozod qilingandi. Biroq 10 oktabrdayoq siyosatchi maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan ushlanib, yana panjara ortiga jo‘natilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyev tergov izolyatoridan axloq-tuzatish koloniyasiga o‘tkaziladi