948
AQSH bosh prokurori prezident saylovlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklarni tergov qilishni buyurdi

Foto: Getty Images
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr butun mamlakat bo‘ylab barcha federal prokurorlarga prezident saylovlarida qoidabuzarliklar sodir etilgani haqidagi da’volar bo‘yicha tergov o‘tkazishni buyurdi.
Barrning buyrug‘iga ko‘ra, tergovlar qoidabuzarliklar sodir etilgani haqidagi da’volar ishonchli bo‘lsagina va bu qoidabuzarliklar ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatsagina o‘tkazilishi lozim.
Bahslarni hal qilishga shtatlarda 8 dekabrgacha vaqt bo‘ladi. 14 dekabrda saylovchilar hay’ati uchrashuv o‘tkazib, unda ovoz berish natijalari rasman tasdiqlanadi.
AQSHda prezident saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Aksariyat ovozlar hisoblab bo‘lindi, biroq rasmiy natijalar keyinroq e’lon qilinadi. AQSHning bir qator OAVlari mavjud ma’lumotlarga asoslanib, prezident saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilgan.
Amaldagi prezident Donald Tramp esa mag‘lubiyatini tan olmayapti va demokratlarni undan ovozlarni “o‘g‘irlashda” ayblamoqda. Trampning advokatlari ovozlarni hisoblashni to‘xtatish va qoidabuzarliklarni tergov qilish talabi bilan shtatlar sudlariga da’vo arizalari kiritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp saylovlardagi firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalarga egaligini aytdi

Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olishi sharti ma’lum qilindi

Tramp Pensilvaniyada ovoz berish natijalari o‘zgartirilganini aytdi

Bayden hal qiluvchi ahamiyatga ega shtatda ildamlab ketdi — bu Trampga qimmatga tushishi mumkin

Baydenni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan 6ta ovoz ajratib turibdi

Amerikalik astronavt fazodan turib AQSH prezidenti saylovlarida ovoz berdi