12:07 / 23.11.2020
2 464

Armaniston Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ hududlari aholisiga 600 dollardan moliyaviy yordam beradi

Armaniston Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ hududlari aholisiga 600 dollardan moliyaviy yordam beradi
Foto: «Izvestiya»
Armaniston hukumati, Yerevan, Boku va Moskva o‘rtasidagi kelishuvga binoan Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ aholi punktlariga moliyaviy yordam ko‘rsatmoqchi. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda Armaniston hukumatining rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan.

«Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan aholi punktlarida ro‘yxatda bo‘lgan fuqarolar 300 ming dram (taxminan 600 dollar) miqdorida bir martalik yordam puli oladi», — deyiladi xabarda.

Hukumatda qayd etilishicha, dastur «Aystan» butun Armaniston jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, qayd etilgan hududlarda harbiy harakatlar boshlanishidan kamida uch oy oldin yashay boshlagan fuqarolargina pul olishlari mumkinligini aytilgan.

Bu Armaniston hukumatining Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro qurbonlariga ko‘rsatayotgan birinchi moliyaviy yordami emas. Avvalroq bosh vazir Nikol Pashinyan Armanistonga kelgan Tog‘li Qorabog qochqinlariga 83 ming dramdan (taxminan 167 dollar) to‘lashini aytgandi.

Esatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovor harakatlar 27 sentabr kuni qayta boshlangandi. Ikkala davlat ham harbiy holat joriy qildi va bir-birini tinch aholiga qarshi hujumlarda aybladi. Qurbonlar ham harbiy xizmatchilar, ham oddiy odamlar bo‘ldi. 9 oktabrda Moskvada ziddiyatli tomonlarning vakillari bilan muzokaralar olib borildi, natijada jangovor harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘t ochishni to‘xtatish 10 oktabr kuni ertalab kuchga kirdi.

Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 10 noyabrda imzolangan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjon harbiy harakatlar paytida bosib olingan hududni ham, 1990 yillarning boshlarida qo‘ldan chiqarilgan Lachin, Agdam va Kelbajar tumanlaridagi aholi punktlarini ham oladi. Shu jumladan, strategik jihatdan muhim Shusha shahri Ozarbayjonga o‘tadi.

Armaniston Qurolli kuchlari o‘z pozitsiyalaridan olib chiqilmoqda, mintaqaga 2 mingga yaqin rus tinchlikparvari texnika bilan olib kelinmoqda. Armanistonga Qorabog‘ga transport yo‘lagi yaratilishi kafolatlanadi, shu bilan bir vaqtda Ozarbayjondan Naxichevan eksklavigacha transport yo‘lagi yaratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ hududlari aholisiga 600 dollardan moliyaviy yordam beradi