Foto: Pixabay
Britaniyalik tadqiqotchilar guruhi 1994 yildan 2017 yilga qadar sayyoradagi muzlarning erish tezligi 65 foizga oshganini aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Shunday qilib, Yer 23 yil davomida 28 trillion tonna muzdan ayrilgan bo‘lib, bu qalinligi 100 metr keladigan, o‘lchami esa Buyuk Britaniyadek muz bo‘lagiga ekvivalent hisoblanadi. Erish tezligi 1994 yilda yiliga 0,8 trillion tonnadan 2017 yilgi 1,3 trillion tonnaga qadar oshgan.
Yo‘qotishlarning aksariyati Antarktida va Grenlandiyadagi muz qatlamlarining kamayishi oqibatida yuzaga kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, muzning erishi jahon okeani sathining ortishiga va qirg‘oqbo‘yi shaharlar hamda ekotizimlarning suv ostida qolishi xavfini yuzaga keltiradi.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, butun sayyora hududidagi muzliklarning erishini baholab chiqqan. Ularning ko‘rsatishicha, erishning 68 foizi atmosferaning, 32 foizi esa okeanlarning ilishi oqibatida yuzaga kelgan.
Olimlar o‘z xulosasini butun sayyora bo‘ylab tarqalgan 215 ming muz tog‘lari, Grenlandiya va Antarktida muz qoplamalari, Shimoliy Muz okeani va Janubiy okeandagi dengiz muzlarini kuzatish natijasi taqdim etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Muzliklar erishini qanday jilovlash mumkinligi aytildi

Olimlar Yer iqlimi endi hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qildi

Grenlandiyadagi muzliklar 30 yil oldingiga qaraganda yetti marotaba tezroq erishni boshlagan

Grenlandiya muzliklari xavotirli tarzda erimoqda (video)

Erib borayotgan Antarktida ostida sirli hudud aniqlandi

Butun dunyoda yiliga qancha pora berilishi hisoblab chiqildi