Hindukush tog‘larida kuchli qor bo‘roni sabab yuzlab sayyohlar tog‘larda qolib ketdi. Everest tog‘ining Tibet tomonida bir kishi halok bo‘ldi, boshqalar sovuqdan aziyat chekdi.
Nepalda ham kuchli yomg‘ir va qor ko‘chkisi kuzatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida toshqinlarda o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Aloqa tizimlarining ishdan chiqishi qutqaruv ishlarini qiyinlashtirdi.
Mutaxassislar bu holatni musson mavsumining cho‘zilishi bilan bog‘lamoqda. Endilikda yog‘ingarchilik oktyabr oyigacha davom etmoqda va ob-havo tobora o‘zgaruvchan bo‘lib bormoqda.
Olimlar global isish bu o‘zgarishlarga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Issiq havo va sovuq oqimlarning to‘qnashuvi tog‘larda kuchli bo‘ronlarga olib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar