date

Yerning ikki yarim sharida joylashgan stadion haqida eshitganmisiz?

Yerning ikki yarim sharida joylashgan stadion haqida eshitganmisiz?

Braziliya shimolida, Makapa shahrida joylashgan futbol stadioni haqiqatan ham dunyodagi eng noodatiy sport inshootlaridan biri hisoblanadi. U nafaqat arxitekturasi bilan, balki joylashuvi bilan ham barcha diqqatni o‘ziga tortadi.

Bu stadionning eng qiziq jihati — uning markaziy chizig‘i aynan Yerning ekvatori bo‘ylab o‘tadi. Shu sababli, o‘yin davomida har bir jamoa turli yarim sharlarda — ya’ni shimoliy va janubiy yarim sharda to‘p suradi.

1990-yilda foydalanishga topshirilgan inshoot “Estadio Milton Correa” deb ataladi, ammo mahalliy aholi va futbol muxlislari uni “Zerão”, ya’ni “Katta nol” deb nomlaydi. Bu lafz ekvator chizig‘i — Yerning geografik “noli” bilan bog‘liq.

Arxitektorlar stadionni maxsus tarzda shunday loyihalashtirganki, maydonning markaziy chizig‘i aynan ekvatorni kesib o‘tadi. Bu dunyodagi yagona shunday stadion hisoblanadi. Shu bois u nafaqat sport muxlislarining, balki turistlarning ham diqqat markaziga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerning ikki yarim sharida joylashgan stadion haqida eshitganmisiz?