date

Buyuk Britaniyada dinozavr izlari topildi

Buyuk Britaniyada dinozavr izlari topildi
Buyuk Britaniyaning Oksfordshir viloyatida qadimiy dinozavr izlari topildi. Olimlar tosh va tuproq qazib olinadigan hududda uzunligi 220 metr bo‘lgan izlar yo‘lini aniqlashdi. Bu topilma dunyodagi eng uzun dinozavr izlaridan biri hisoblanadi.

Izlar uzun bo‘yinli o‘txo‘r sauropod dinozavrga tegishli bo‘lishi mumkin. Ayrimlari bir metrga yaqin bo‘lib, dinozavr loyda yurib qoldirgan izlar deb taxmin qilinmoqda.

Olimlar bu izlarni o‘rganib, dinozavrlarning qanday yurganini va qachon to‘xtab qolganini aniqlashmoqda. Ba’zi izlar orasidagi masofa dinozavr bir zum to‘xtaganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar bunday topilmalar dinozavrlar hayotini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada dinozavr izlari topildi