date

Nima sababdan Rossiya va Ukraina hisoblagichlariga rasman taqiq qo‘yildi?

Nima sababdan Rossiya va Ukraina hisoblagichlariga rasman taqiq qo‘yildi?

Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida o‘tkazilgan tekshiruv davomida Rossiyada ishlab chiqarilgan “Eko nom” va Ukrainadagi “Novator” rusumli suv hisoblagichlar aniqlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar ularning amaldagi standartlarga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Ushbu hisoblagichlardan foydalanish natijasida:

  • suv sarfi noto‘g‘ri qayd etilishi;

  • statistik ma’lumotlar buzilishi;

  • resurslarni rejalashtirishda xatoliklar;

  • suvdan ortiqcha foydalanish holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Shu sababli, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan bu rusumdagi hisoblagichlarni sotish va foydalanish taqiqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nima sababdan Rossiya va Ukraina hisoblagichlariga rasman taqiq qo‘yildi?