22:53 / 28.02.2021
1 847

Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video)

Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video)
Foto: «Roskosmos»
28 fevral kuni ertalab Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketasi Arktika mintaqasida iqlim va atrof-muhitni monitoring qilish uchun mo‘ljallangan «Arktika-M» kosmik qurilmasi bilan birga uchirildi, deb yozadi «RBK» «Roskosmos» matbuot xizmatiga tayanib.

«2021 yil 28 fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 09:55:01 (Toshkent vaqti bilan soat 11:55)da Boyqo‘ng‘ir kosmodromining 6-maydonchasi 6-start qurilmasidan ‘Soyuz-2.1b’ eltuvchi raketasi ‘Fregat’ tezlashtiruvchi bloki va birinchi ‘Arktika-M’ kosmik qurilmasi bilan birga uchirildi», — deyiladi xabarda.

Eltuvchi raketa pog‘onalari va tezlashtiruvchi blokning ajralishi muvaffaqiyatli kechgan. Shundan keyin «Fregat» tezlashtiruvchi bloki qurilmani orbitaga olib chiqishda davom etgan. U Toshkent vaqti bilan, taxminan, soat 14:14 da ajralib chiqdi. Shundan keyin boshqaruv buyurtmachiga topshirildi.

«Arktika-M» gidrometeorologik va iqlim monitoringi kosmik tizimidir. U Yer yuzasi va Shimoliy Muz okeani dengizlarini kecha-kunduz har qanday ob-havoda monitoring qiluvchi kamida ikkita sun’iy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi.

Dastlab «Arktika-M» 2020 yil 24 dekabrda uchirilishi kerak edi. Ammo oktabrda «Roskosmos» mutaxassislari bir qator qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish kerakligini aniqladi. Shu sababli tizimni orbitaga chiqarish 2021 yilga qoldirilgan edi.

Fevral boshida Rossiyada «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketa koinotga uchirilgan, u harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video)