23:00 / 31.03.2021
1 909

Osiyo yuragi: “Shifo topish” uchun Afg‘onistonga nima lozim

Osiyo yuragi: “Shifo topish” uchun Afg‘onistonga nima lozim
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti siyosatshunoslik bo‘limi dotsenti Gevorg Mirzayan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasi haqida fikr bildirdi.

Dushanbedagi Afg‘oniston bo‘yicha katta konferensiyada afg‘on bemorini fuqaroviy mojaro va xarobalikdan chiqarib olish zarurligi haqida gapiruvchi ko‘plab “doktorlar” yig‘ildi. Muammo shundaki, ayrim mutaxassislarning nafaqat turli, balki bir-birini inkor etuvchi retseptlari bor edi.

“Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasi 29-30 mart kunlari yarim virtual shaklda bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yili 18 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaga qaraganda ko‘proq mamlakatlar qatnashdi. Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning tushuntirishicha, Rossiya poytaxtida Afg‘onistonda janjallashayotgan barcha tomonlarga ta’sir o‘tkazishga ega mamlakatlar (Rossiya, AQSH, Xitoy, Pokiston) yig‘ilgan bo‘lsa, Dushanbeda esa Afg‘oniston vaziyati ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazuvchi, uni hal etishda qatnashishga hozir bo‘lganlar uchrashgan.

Konferensiya tashkilotchisi, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon to‘g‘ri aytdi: “Afg‘onistondagi inqiroz – umumiy muammo”. Qator qo‘shni davlatlar aholisi (Tojikiston, Pokiston va boshqalar) afg‘on aholisi bilan umumiy madaniyat, e’tiqod, ba’zan til va qon bilan bog‘liq bo‘lgani uchungina emas. Shunchaki Afg‘oniston, eslatib o‘tamiz, haqiqatdan Osiyo markazi (yuragida) joylashgan, shu bois uning salomatligi haqiqatdan ko‘p mamlakatlarning Osiyo organizmi ishi holatiga bog‘liqdir.

Rossiya, Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston hamda qaror tashqi o‘yinchilar va xalqaro tashkilotlar bu tashabbusning ishtirokchilaridir.
“Yurakni davolash” tamoyili umuman olganda tushunarli – Amerika qo‘shinlarini olib chiqish va “Tolibon”* ishtirokida ittifoq asosida hukumatni shakllantirish. Masala shunda ediki, uni amalda qanday amalga oshirish zarur?

Joy muqaddas
Olib chiqib ketish bilan hammasi oson emas. Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Dohada toliblar bilan tuzilgan bitim shartlariga ko‘ra AQSH 1 mayga qadar Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi shart. Ha, AQSH prezidenti Jo Bayden ta’kidlaydiki, “texnik sabablarga ko‘ra” uning muddatlariga rioya etish mushkul. Ha, davlat kotibi Entoni Blinken hozir majmal 1 mayga qadar olib chiqish bo‘lmasligi ham mumkinligini aytmoqda. Shuningdek, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan kelishib olish zarurligini gapiryapti. Ammo hamma hozirga aynan shu sanani hisobga olmoqda.

Keyin nima bo‘ladi? Qay tarzda, qaysi shart-sharoitlarda yangi afg‘on hukumati shakllanadi va faoliyat yuritadi? Bu masalada mamlakatlar o‘rtasida allaqachon muayyan kelishmovchilik kuzatilmoqda.

Xo‘sh, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Afg‘onistonga oid har qanday sulh bitimi afg‘on xalqining o‘z taqdirini belgilash huquqini kafolatlashi shartligini ta’kidladi. Hindiston ham shunga o‘xshash pozitsiya tarafdori bo‘lib tuyuladi. Bu mamlakatning Rossiyadagi elchisi Venkatesh Varmaning so‘zlariga ko‘ra, respublika “afg‘onlar rahbarligi ostidagi tez va inklyuziv yarashish barcha urinishlari, afg‘onlar nazorati osti va afg‘onlar ishtirokidagi barcha urinishlarni” olqishlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Ammo holat yuzasidan Eron va Hindiston bu asosiy fikrga turli tushunchalarni kiritadi. Eronliklar amerikaliklar ishtirokisiz afg‘onlar “o‘z taqdirini belgilashlari” shartligini ko‘zda tutayotgan bo‘lsa, Nyu-Dehli afg‘on siyosati Pokistonnning minimal ishtiroki yoki umuman usiz bo‘lishini xohlaydi.

Islomobod esa amerikaliklardan farqli o‘laroq Afg‘onistondan ketmoqchi emas – u bu mamlakatni, masalan, Pokistonga hududiy da’vo (Dyuranda** deb ataluvchi chiziq bo‘ylab) bildirmaydigan o‘zining ishonchli, barqaror sirt tomoniga aylantirmoqchi. Buning uchun esa pokistonliklar ichki afg‘on ishlariga Hindiston ta’sirini kamaytirishi zarur. Afg‘onistondagi turli loyihalarga 3 milliard dollar ajratgan Hindiston esa, Venkatesh Varmaning so‘zlariga ko‘ra, u yerdan ketishni o‘ylamayapti.

O‘zaro yon berish va oliyjanoblik
Dushanbedagi uchrashuv mana shundan kelishmovchiliklar muhokama qilinadigan va u yerda o‘zaro yon berish yo‘llari izlanadigan maydon bo‘ldi. Barchaga ayonki, agar u topilmasa, yirik davlatlar Afg‘onistondan o‘zlarining ikki tomonlama mojarolari yo‘lida foydalashni davom ettiradi. Ya’ni Eron, Pokiston, Xitoy, O‘rta Osiyo mamlakatlari (va bilvosita ular orqali esa Rossiyaga qarshi) qarshi. Qo‘shma Shtatlarning yo‘l-yo‘lakay o‘yin qoidalarini o‘zgartirish va zimmasiga olgan majburiyatlardan bo‘yin tovlar qobiliyatiga yetarlicha baho bermaslik yaramaydi.

Biroq shu bilan bilan siyosiy o‘zaro yon berishdan tashqari Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar o‘zaro iqtisodiy til topishlari darkorligini ham unutmaslik zarur. Ya’ni nafaqat sarmoya kiritish, balki ba’zan beg‘araz afg‘on xalqini boqish va u yerda iqtisodiyotni tiklash. Buni, masalan, Moskva qilmoqda.

Rossiya Afg‘onistonga manzilli insonparvarlik qo‘lini cho‘zdi... 2020 yil noyabr-dekabrida 300 tonnadan ziyod oziq-ovqat jo‘natildi. Biz bu yordamni davom ettiramiz”, - dedi Sergey Lavrov.

Afg‘on xalqiga qashshoqlik bilan kurashishda yordam berib va biror bir holatda aholining tinch hayotini ta’minlash, va oxir-oqibat, u yerdagi yoshlar uchun maktablar bunyod etib, qo‘shni mamlakatlar o‘z xavfsizligiga sarmoya kiritadi. Keyin yangi afg‘on radikal yoshlaridan chiqayotgan tahdidlardan himoyalanish uchun yuz millionlar sarflash o‘rniga ta’lim muassasalari va ish joylarini yaratish kabi bu oliyjanob ishlarga bir necha million dollar kiritish osonroq-ku axir.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
** Afg‘oniston va Britaniya Hindistoni o‘rtasida XIX asrda belgilangan chegara

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyo yuragi: “Shifo topish” uchun Afg‘onistonga nima lozim