date

OFK 2025 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi

OFK 2025 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) bugun yilning eng yaxshi sportchi va murabbiylarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi, deb xabar berdi the-afc.com.

Tantanali tadbir davomida Osiyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan nomzodlar orasida g‘oliblar e’lon qilindi. Bu yil ham futbol ham futzal yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi sportchilar va murabbiylar o‘rtasida raqobat ancha kuchli bo‘lgani ta’kidlandi.

Marosim natijasiga ko‘ra, Eron vakillari bu yilgi mukofotlarning katta qismini qo‘lga kiritdi. Futzal bo‘yicha “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” sovrini eronlik mahoratli sportchi Salar Agapurga nasib etdi. Uning yil davomida ko‘rsatgan yuqori darajadagi o‘yini va milliy jamoaga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, “Yilning eng yaxshi murabbiyi” unvoni Shimoliy Koreya terma jamoasi ustozi Ri Song-Xoga topshirildi. U o‘z jamoasi bilan yil davomida xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishgan.

Ayollar yo‘nalishida “Yil murabbiyi” sovrini ham Eronga ketdi — bu unvonga ayollar terma jamoasi rahbari Marzie Jafari sazovor bo‘ldi.

Evropada faoliyat yuritayotgan osiyoliklar orasida “Yilning xorijdagi eng yaxshi osiyolik futbolchisi” deb PSJ klubi yarim himoyachisi, Janubiy Koreya vakili Li Kang In tan olindi. U o‘tgan mavsumda Parij klubida muhim o‘yinlarda samarali paslar va gollar bilan ajralib turgan.

Yosh futbolchilar yo‘nalishida esa ikki g‘olib aniqlandi. “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” unvoni Avstraliyaning “NyuKasl Jets” klubi a’zosi Aleks Badolatoga nasib etdi. Uning yoshligiga qaramay, o‘yinlardagi ishonchli harakati va gol urish mahorati yuqori baholandi.

Ayollar futbolida yoshlar toifasida esa Shimoliy Koreya futbolchisi Chxve Il Son eng yaxshisi deb topildi. U o‘z jamoasi safida yil davomida faol ishtirok etib, muhim o‘yinlarda g‘alabaga hissa qo‘shgan.

Ayollar o‘rtasidagi bosh sovrin — “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” unvoni esa Yaponiyaning “Urawa Red Ladies” jamoasi himoyachisi Xana Takahasiga topshirildi. U o‘zining barqaror o‘yini va jamoasiga etakchilik qilishi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Marosimning eng nufuzli mukofoti — “Yil futbolchisi” unvoni esa Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi yetakchisi Salim al-Davsariga berildi. U nafaqat klub, balki terma jamoa safida ham yil davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etgan.

OFK бу йилги тадбир орқали Осиё футболидаги ривожланишни яна бир бор намоён этди. Маросимда жамоавий ва шахсий муваффақиятлар тенг қадрланди, футболнинг барча йўналишида меҳнат қилган спортчилар эъзозланди.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK 2025 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi