11:00 / 25.04.2021
2 567

Bayden armanlar genotsidi to‘g‘risida bayonot berdi


Foto: EPA-EFE/ANNA MONEYMAKER/POOL
AQSH prezidenti Jo Bayden XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealarni «armanlar genotsidi» deb atadi. Baydendan avvalgi AQSH rahbarlari bu terminni ishlatishdan qochishgandi.

«Har yili shu kunda biz Usmoniylar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok bo‘lgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz», – deyiladi AQSH prezidentining ushbu voqea qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan tarqatilgan bayonotida.

O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma’lum qildi.
«So‘zlar tarixni o‘zgartira yoki qayta yoza olmaydi. Bizning o‘tmishimiz to‘g‘risida kimlardandir o‘rganadigan narsamiz yo‘q. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay inkor qilamiz», – deb yozdi u Twitter sahifasida.

Armanlar har yili 24 aprelni genotsid qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlaydi. Armanistonda bu kun dam olish kuni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden armanlar genotsidi to‘g‘risida bayonot berdi