00:10 / 28.05.2021
2 041

Bayden koronavirus pandemiyasining sabablarini o‘rganmoqchi


AQSH prezidenti Jo Bayden maxsus xizmatlarga koronavirus pandemiyasining paydo bo‘lish sabablarini aniqlashga ko‘rsatma berdi.
Prezident bo‘lganimdan keyin oradan hech qancha o‘tmay, milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchimdan razvedka xizmatiga COVID-19ning kelib chiqishi bilan bog‘liq eng so‘nggi tahlillar bo‘yicha hisobot tayyorlashga ko‘rsatma berishni so‘radim”, – dedi Bayden.

Koronavirus kasallangan hayvon orqali tarqalganmi yoki laboratoriyadagi hodisa tufaylimi – Oq uy rahbari ana shuni bilmoqchi.

Prezidentning e’tirof etishicha, Amerika razvedkasi ayni paytda qaysi taxminning haqiqatga yaqinroq ekanligini baholash uchun yetarli ma’lumotga ega emas. Bayden yakuniy xulosa chiqarilishi uchun sa’y-harakatlarni tezlashtirishni va hisobotni 90 kun ichida tayyorlashni istamoqda.

Koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar anchadan beri bor. Xitoy hukumati buni qat’iyan rad etib keladi.

Xitoyda tadqiqot o‘tkazgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ekspertlari ham koronavirusning laboratoriyada yaratilgani haqidagi taxminni inkor qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden koronavirus pandemiyasining sabablarini o‘rganmoqchi