Eron harbiy-havo kuchlari mamlakat chegaralarini har tomonlama himoyalashga to‘liq tayyor, mamlakat havo hududi doimiy nazorat va kuzatuv ostida qolmoqda. Bu haqda Eron harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Aziz Nosirzoda ma’lum qildi.
Nosirzodaning ushbu bayonoti Arabiston dengizida Mercer Street tankeriga hujum qilinishi bilan bog‘liq oxirgi voqealar ortida yangradi. Bir qator g‘arb davlatlari, jumladan Isroil bu hujumda Tehronni ayblamoqda.
Iyul oxirida Liberiya bayrog‘i ostida harakatlangan Mercer Street tankeri Arabiston dengizida hujumga uchragandi. Kemani boshqaruvchi Zodiac Maritime kompaniyasi isroillik tadbirkor Eyal Oferga tegishli. Hujum oqibatida kema ekipajining ikki a’zosi halok bo‘lgan.
Isroil, AQSH, Britaniya va “Katta yettilik”ka kiruvchi boshqa davlatlar kemaga hujumda Eronni ayblagan. Isroil ushbu hujum bilan bog‘liq holda BMT Xavfsizlik kengashidan Tehronga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘ragan. Eron o‘ziga qo‘yilayayotgan ayblovlarni rad etib, ularni asossiz deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi