Foto: AP
Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyati markazi - Fayzobod shahri chorshanbaga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati tomonidan egallandi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid xabar berdi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Kecha tunda hal qiluvchi va tizimli operatsiya natijasida Badaxshon viloyati markazi - Fayzobod shahri egallandi. Toliblar gubernator qarorgohi, politsiya shtabi, razvedka boshqarmasi va barcha davlat idoralarini nazorat qilmoqda», deyiladi Mujohidning «Tvitter»dagi xabarida.
Badaxshon viloyati Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati va Xatlon viloyati bilan chegaradosh hisoblanadi (shimolda va shimoli-g‘arbda).
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar kuni kecha tunda Bag‘lon viloyati markazi - Puli-Xumrini ham o‘z nazoratiga olgan.
«Hukumatning barcha binolari, viloyat politsiyasi bosh qarorgohi va asosiy harbiy hamda fuqarolik muassasalari egallandi», deyiladi xabarda.
Afg‘oniston hukumatining muzokaralar guruhi a’zosi va Afg‘onistondagi «O‘zgarish to‘lqini» siyosiy partiyasi rahbari Favziya Kufiy ham «Tolibon» Fayzobod shahrini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Turkiyaning «Anadolu» agentligi.
«Toliblarning keng ko‘lamli hujumlaridan so‘ng, Fayzobod shahri bu guruh qo‘liga o‘tdi va xavfsizlik kuchlari shaharni tark etdi», deya Kufiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Kuni kecha toliblar Afg‘oniston shimolidagi Samangan viloyatining ma’muriy markazi - Aybak shahrini ham egallab olgani ma’lum bo‘ldi.
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, bu oxirgi uch kun ichida mamlakatdagi 34ta ma’muriy markazdan harakat nazoratiga o‘tgan to‘qqizinchisi bo‘ldi. Toliblar vakilining aytishicha, endi harakat Nimruz, Juzjon, Saripul, Qunduz, Taxor, Samangan, Farah, Bag‘lon va Badaxshon ma’muriy markazlarini nazorat qilmoqda.
Afg‘oniston rasmiylari ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan hozircha izoh bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”