"Tolibon" yaqinda Afg‘onistondagi qizlarni o‘rta maktablarga borishga ruxsat berishini va’da qilmoqda. Bu haqda TASS YUNISЕF ijrochi direktori o‘rinbosari Umar Abdi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Abdining aytishicha, "Tolibon" tayinlagan ta’lim vaziri unga toliblar barcha qizlarga oltinchi sinfdan keyin o‘qishni davom ettirishlari uchun ruxsat berish ustida ishlayotgani, yaqin orada buning aniq tartibi ma’lum qilinishini aytgan.
"Siz bilan gaplashayotganimda, o‘rta maktab yoshidagi millionlab qizlar ketma-ket 27 kun ta’lim olmadilar. Biz kutgan har bir kun, maktabga bormaydigan qizlar uchun yo‘qotilgan kundir", - deydi Umar Abdi.
Abdi, shuningdek, Afg‘onistonning 34 viloyatining beshtasi - Balx, Juzjon, Samangon, Qunduz va Uruzg‘on allaqachon qizlarga o‘rta maktabda o‘qishga ruxsat berganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi