Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv va iqlim muammolari bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuvida onlayn tarzda ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.
«Muzliklarimiz tez erib ketmoqda. Shu kungacha Tojikistondagi 14 ming muzlikdan mingdan ortig‘i to‘liq erib ketgan», — dedi davlat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yillikda Tojikistonda Markaziy Osiyo mintaqasi suv resurslarining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi muzliklarning umumiy hajmi qariyb uchdan bir qismga kamaygan.
«Ushbu jarayonning davom etishi og‘ir oqibatlarga olib kelishini inobatga olib, biz avvalroq 2025 yilni Xalqaro muzliklarni himoya qilish yili deb e’lon qilishni va 'Butunjahon muzliklar kuni'ni o‘tkazishning aniq sanasini belgilashni taklif qilgan edik. Muzliklarni saqlash xalqaro jamg‘armasini yaratish zarurligi haqida avval ham gapirgandim», — deb esladi Tojikiston Respublikasi prezidenti o‘z nutqida.
Uning qayd etishicha, Tojikiston bu tashabbuslarni turli darajalarda faol ilgari surmoqda, ular Suv va iqlim koalitsiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda. Emomali Rahmon kelasi yili Dushanbeda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va hamkor davlatlar bilan birga uchrashuvning o‘n yilligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini, unda suv resurslari va iqlim o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishini aytdi.
«Dushanbe konferensiyasi Tojikiston va Niderlandiya hamraisligida BMTning 2023 yilda o‘tkaziladigan suv bo‘yicha o‘n yillik tahliliga tayyorgarlik jarayonining asosiy yo‘nalishi bo‘ladi», — dedi Tojikiston rahbari.
Shuningdek, u hozir mintaqada elektr va suv resurslariga talab sezilarli darajada oshib borayotganini aytdi.
«Buning sababi, so‘nggi o‘n yilliklarda biz mintaqamizdagi iqlim siklining sezilarli o‘zgarishini tobora ko‘proq qayd etmoqdamiz. Qishimiz sovuqroq va uzoqroq, yozimiz esa issiq va quruqroq bo‘ldi. Bundan tashqari, gidrologik sikl o‘zgarib bormoqda, bu esa mintaqadagi daryolar oqimini hajm va vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, mintaqadagi mavjud ob’ektlar ham elektr energiyasi ishlab chiqarish, ham suv resurslarini tartibga solish nuqtai nazaridan aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi», — dedi Tojikiston Respublikasi prezidenti.
Misol tariqasida u o‘tgan yilning yozida Tojikiston qo‘shni davlatlarga elektr energiyasi eksportini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini keltirdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa mamlakatlari ayni sug‘orish mavsumida suv tanqisligiga duch keldi.
«Bu yil qishning erta kelishi, sovuq va uzoq davom etishi oldimizga yangi vazifalarni qo‘ydi. Qolaversa, bu yil kuchli qurg‘oqchilik mintaqaning ayrim mamlakatlarida ko‘plab chorva mollari va hosilning nobud bo‘lishiga olib keldi», — dedi Emomali Rahmon.
U Tojikiston mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyatining e’tiborini yanada faolroq harakatlarga jalb etish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatida ekaniga ishontirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...