
O‘zbekistonda “Shajara” nomli yangi raqamli axborot tizimi joriy etilmoqda. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar o‘z shaxsiy shajarasini tuzish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim haqidagi rasmiy ma’lumotlarni onlayn ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tizim arxiv hujjatlari asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga o‘z nasl-nasabini aniqlashda ko‘maklashadi. Bundan tashqari, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarni aniqlash funksiyasi ham taqdim etiladi.
“Shajara” axborot tizimi orqali arxivga tezkor, ishonchli va qulay kirish yo‘lga qo‘yiladi. Platforma genealogiya va oilaviy tarix bilan qiziquvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.