
Yaqin vaqtlar ichida futbol ishqibozlari uyda o‘tirgan holda ham o‘zini Madriddagi afsonaviy “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tirgandek his qilishi mumkin. “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres klub tomonidan yirik “Virtual Reality” — virtual reallik loyihasi ustida qizg‘in ish ketilayotganini rasman ma’lum qildi.
Peresning ta’kidlashicha, bu loyiha jahon futbolida mutlaqo yangi bosqich ochishi mumkin:
“Dunyoda qayerda yashashidan qat’i nazar har bir muxlis o‘yinni xuddi Bernabeuda jonli tomosha qilayotgandek his etadi. Bu sport tarixida revolyutsiya bo‘ladi”.
Apple kompaniyasining vitse-prezidenti Eddi Kyu ham loyihaning salmoqli imkoniyatlari haqida fikr bildirib, shunday dedi:
“Yaqin kelajakda 200 milliondan ziyod muxlis o‘yinni deyarli stadionda o‘tirgandek qabul qiladi — ovoz, muhit, hayajon va to‘liq ishtirok bilan. Futboldagi tajriba tamoman boshqa darajaga ko‘tariladi”.

Bu innovatsiyaning maqsadi — stadionga bora olmaydigan millionlab futbol ixlosmandlariga haqiqiy VIP taassurotni taqdim etish. Zamonaviy VR ko‘zoynaklar, 360° kameralar, jonli translyatsiyaning yangi avlodi va immersiv-effektlar orqali muxlis — qiyqin o‘yinlar markazida turgan odamdek his qiladi.
“Real Madrid” bu texnologiya bilan nafaqat translyatsiya sifatini, balki futbolni qabul qilish madaniyatini ham tubdan o‘zgartirmoqchi. Muxlislar o‘z uyidagi kresloda o‘tirib turib, stadionning shovqini, tribunalar qichqiriqlari va yoqimli adrenalinni to‘liq his qilishi mumkin bo‘ladi.
Loyiha jamoatchilik orasida allaqachon katta qiziqish uyg‘otgan. Muxlislar esa bu imkoniyatning qachon ommaga taqdim etilishini intiqlik bilan kutayotir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.