
Xitoy olimlari “Darvin maymuni” (Wukong) nomli superkompyuter yordamida maymun miyasining ishlashini modellashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tizim 2 milliard neyron va 100 milliard sinapsdan iborat bo‘lib, atigi 2000 Vt energiya sarflaydi.
Wukong — dunyodagi eng yirik neyromorfik kompyuterlardan biri sanaladi. Uning imkoniyatlari biologik miya tuzilishini sun’iy ravishda qayta yaratish, murakkab nerv signallarini tahlil qilish imkonini beradi.
Ushbu yondashuv nafaqat sun’iy intellekt rivojiga xizmat qiladi, balki inson miyasi va nevrologik kasalliklarni chuqur o‘rganish uchun ham keng imkoniyatlar ochadi. Tadqiqotchilar bu orqali Altsgeymer, Parkinson kabi kasalliklarni chuqur tahlil qilishga umid bog‘lamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.