Foto: Pixabay
Bir guruh yaponiyalik tadqiqotchilar maymunlarning organizmidagi OIV(orttirilgan immunodefitsit virusi)ni yo‘q qiladigan vaksina yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda NHK agentligi xabar berdi.
Yaponiya Milliy biotibbiyot innovatsiyalari, salomatlik va ovqatlanish instituti tadqiqotchilari yangi vaksina bilan emlangan yapon makakalarining organizmiga OIVni yuborgan.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yettita maymundan to‘rttasi kasallangan, biroq keyinchalik kasal maymunlarning organizmida virus g‘oyib bo‘lgan. Olimlarning fikricha, ushbu hayvonlarda vaksina bilan qo‘zg‘atilgan immunitet reaksiyasi OIVning yo‘qolishiga olib kelgan.
Tadqiqotchilar taxminan besh yil ichida vaksinaning klinik sinovlarini odamlarda boshlashga umid qilmoqda.
2019 yilda britaniyalik shifokorlar OIV bilan kasallangan bemorga suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilganidan so‘ng kasallik yo‘qolganini aniqlagan edi. Transplantatsiyadan uch yil, antiretrovirus dori-darmonlarni qo‘llash to‘xtatilgandan bir yarim yil o‘tgach, bemorning testlari uning organizmida OIV yo‘qligini ko‘rsatgan.
Ko‘pchilik mutaxassislarning qayd etishicha, bu usul barcha bemorlar uchun emas. Transplantatsiya jarayoni qimmat va xavfli bo‘lib, bunday mutatsiya judayam kam odamlarda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi