Foto: Getty Images
1 yanvar kuni noma’lum shaxs Shimoliy Koreya chegarasidan noqonuniy yo‘l bilan o‘tdi. Bu KXDR chegarasini buzib o‘tish bilan bog‘liq kam sonli holatlardan biri hisoblanadi. Qochoqni Koreya yarimorolini ajratib turuvchi demilitarizatsiya hududida mahalliy vaqt bilan soat 21:20 da sezib qolishadi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan kengashi xabar bergan. Qochoqning taqdiri noma’lum.
11 soat davom etgan qidiruvlarga qaramay, qochoq chegarani kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Rasmiy Seul qochoqning keyingi taqdiri haqida ma’lumotga ega emasligi, ammo KXDRga uni himoya qilishni so‘rab so‘rov yuborganini ma’lum qildi.
Koronavirus paydo bo‘lganidan buyon Shimoliy Koreya o‘z chegarasida himoyani kuchaytirgan. Janublik harbiylarga ko‘ra, Shimoliy Koreya chegarachilariga mamlakatga koronavirus kirib kelmasligi uchun chegarani buzib o‘tayotganlarni otib tashlash vakolati berilgan. Janubiy Koreya mudofaa vazirligi bu chegarani buzib o‘tish borasidagi birinchi holat bo‘lmagani uchun qo‘riqlash tizimi qayta ta’mirlanishini ma’lum qilgan. Qochoq chegaraning minalashtirilgan hududini kesib o‘tgan. Bu holatdan keyin Janubiy Koreya armiyasining shimoliy chegara uchun javobgar 22-maxsus diviziyasi keskin tanqidlar ostida qolgan.
Janublik harbiylar shimolga chegarani buzib o‘tish holati qayd etilgani haqida xabar yuborgan. Shimoldan xabar olingani bo‘yicha signal kelgan. Ammo qochoqqa rasmiy himoya taqdim etish bo‘yicha so‘rov javobsiz qoldirilgan.
Janubiy koreyalik askarlar KXDR bilan chegaradagi Pxadju shahri yaqinidagi postda
Ahn Young-joon / AP / Scanpix / LETA
Janubiy Koreyaning «Yonhap» axborot agentligi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, voqeaning yangi tafsilotlarini ma’lum qildi. Manbada aytilishicha, qochoq asli shimoliy koreyalik. U 2020 yil noyabrida janubga chegaraning xuddi o‘sha joyini buzib, qochib o‘tgan. 30 yoshlar atrofida ekani aytilayotgan qochoq Janubiy Koreyada farroshlik bilan shug‘ullangan. Janublik harbiylar uning ayg‘oqchi emasligini tasdiqlashgan.
2020 yil sentyabrida janubiy koreyalik baliqchi Shimoliy Koreya chegarasini bosib o‘tgani uchun chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilgan va jasadi yoqib yuborilgandi. Pxenyan buni koronavirus sabab kiritilgan cheklovlar bilan izohlab, kechirim so‘ragandi. Shuningdek, 2020 yil iyulda ham chegarani buzib o‘tish bilan bog‘liq mojaro kuzatilgan. O‘shanda 3 yil avval janubga qochgan Shimoliy Koreya fuqarosi drenaj trubasi orqali qochadi-da, 1,5 km suzib, vataniga chegarani buzib qaytadi. Pxenyan janubdan kelgan bu qochoq mamlakatga koronavirus olib kelganini iddao qilgandi. Ammo Seul bu odamda virus aniqlanmaganini ta’kidlagan.
Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasi dunyoda eng qattiq qo‘riqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Chegaradagi demilitarizatsiya qilingan hudud minalashtirilgan, chegara to‘siqlariga yuqori kuchlanishli tok ulangan. Har ikki tomondagi chegarachilar 24 soat davomida jangovar shay holatda turadi. Ikki davlat o‘rtasida 248 km uzunlikda va 4 km kenglikdagi demilitarizatsiya hududi mavjud. U yerda 2 milliondan ortiq mina ko‘milgan. Shundoq ham ikki mamlakat chegarasini bosib o‘tish holatlari kam uchraydi, ammo Pxenyan tomonidan koronavirus bahonasida kuchaytirilgan cheklovlar chegaraning buzilish holatlarini yanada kamaytirgan.
1953 yilgi Koreya urushidan keyin 34 mingdan ortiq odam Shimoliy Koreyadan qochgani aytiladi. Ularning aksari Xitoy yoki Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari orqali Janubiy Koreyaga o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi