O‘t ochishlar oqibatida vayron bo‘lgan turarjoy binosi. Xarkov
Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha komissari boshqarmasi 12 kunlik urushni sarhisob qildi: 24 fevraldan beri Ukrainada kamida 406 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 800 dan ortiq kishi jarohat olgan. Ayni paytda faol harbiy harakatlar olib borilayotgan Irpen shahridan ikki ming tinch aholi evakuatsiya qilingan. Xarkovda supermarket binosiga artilleriya o‘qlari yog‘ilishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. Belarusda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Meduza 7 mart, urushning o‘n ikkinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim qildi.
Gaagada BMT Xalqaro sudi Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni boshladi. Arizasida Kiyev Moskvani, bir tomondan, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari aholisining genotsidi haqidagi soxta bahonadan foydalanganlikda, ikkinchi tomondan, Ukraina aholisiga qarshi genotsid harakatlarini sodir etishda ayblamoqda. Ukraina, shuningdek, suddan Rossiyani harbiy harakatlarni to‘xtatishga majbur qilib, vaqtinchalik choralar ko‘rishni so‘radi. Ukrainaning nutqi tinglangan 7 mart kungi sud majlislarida Rossiya tomoni ishtirok etmadi – Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sud «maxsus harbiy operatsiya masalasini ko‘rib chiqishda yurisdiksiyaga ega emas» deb hisoblamoqda. Quyida Kiyev vakilining suddagi nutqidan parcha:
Shuni esda tutishimiz kerakki, Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropaning kuli ustida dunyo xalqaro huquqning zamonaviy ustunlarini qurdi. Dunyo agressiyaga guvoh bo‘ldi va unga BMT Nizomi bilan javob berdi. Dunyo Xolokostga (Yevropa yahudiylarining qirg‘ini — tahr.) guvoh bo‘ldi va unga Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya bilan javob berdi. Dunyo natsizm yovuzligining ikki ko‘rinishiga – tajovuzkorlik va genotsidga «boshqa hech qachon» dedi. Afsuski, bugungi kunda Rossiya bu so‘zlarning mohiyatini buzib ko‘rsatdi. U genotsid harakatlarining oldini olish va jazolash majburiyatini muqaddas deb bilmaydi. U bundan qurol sifatida foydalanmoqda.
Kiyev viloyatidagi Rossiya tanklari
Foto: AFP
Irpen shahridagi vayron qilingan ko‘prikda fuqaroning jasadi
Foto: Getty Images
Belarusda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi raund gumanitar yo‘laklarni ochish haqidagi kelishuv bilan yakunlangan, ammo buning uddasidan chiqilmagan edi. Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak muzokaralarni «XXI asrda ham ayrim natijalarga majburlash orqali erishish mumkinligiga ishonadigan mamlakat» vakillari bilan suhbat deb atadi. «Biz bunday emasligini isbotlashga harakat qilamiz», — dedi u.
Uchrashuv to‘rt soatga yaqin davom etdi. Yakunda Podolyak gumanitar yo‘laklarni logistika bilan ta’minlash masalasida «kichik ijobiy siljishlar» bo‘lganini e’lon qildi; Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ham kelishuv 8 martdan ish bera boshlashiga umid bildirdi. Yakuniy bayonotlardan ko‘rinib turibdiki, boshqa masalalar bo‘yicha taraqqiyotga erishilmagan; Medinskiy, shuningdek, Rossiya tomonining kutganlari «o‘zini oqlamaganini» aytdi.
Kiyev viloyati aholisini evakuatsiya qilishga ko‘maklashayotgan ukrainalik harbiy
Foto: Reuters
Irpen yo‘lida tashlab ketilgan mashinalar, 7 mart kuni u yerdan 7 ming tinch aholi evakuatsiya qilingan
Foto: Reuters
Irpendan evakuatsiya qilinayotgan aholi
Foto: AP Photo
Ukrainalik qochqinlar Polshaning Medika qishlog‘idagi chegara postida
Foto: AP Photo
Otishma natijasida vayron bo‘lgan turar-joy binolari vayronalari. Jitomir viloyati
Foto: Reuters
Xarkov
Foto: AFP
Odessa aholisi boshpana yasash uchun qoplarni qum bilan to‘ldirmoqda
Foto: AFP
Irpen
Foto: Reuters
Rossiyada urushga qarshi chiqishlarni taqiqlovchi yangi qonun jadal ishlamoqda. 4 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirgan», ularning harakatlari haqida «feyk» ma’lumotlarni tarqatgan shaxslarni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish haqidagi qonunni imzolagandi. Qonunda, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasini noto‘g‘ri talqin qilgan, uni urush deb atagan shaxslarga tegishli jazolarni qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Huquq himoyachilarining chamasiga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha kamida 60 kishi hibsga olingan. Kostroma shahrida «Bu urush — maxsus operatsiya soliqlaringiz uchun, bolalarni davolash uchun esa SMS yig‘yapmiz» deb yozilgan plakat bilan bir kishilik piketga chiqqan ayol 30 ming rubl (283 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Krasnoyarsklik fuqaro Lenin haykali poyidagi qorga «Urushga yo‘q» deb yozgani uchun unga ham xuddi shunday jarima solingan. Hibsga olinganlar orasida Kostroma viloyatidan bir ruhoniy ham bor, u va’z paytida urushga qarshi bayonotlar bergan va cherkov veb-saytida «Urushga yo‘q» petitsiyasiga havola joylashtirgan.
Yangi qonunga ko‘ra, bir yilda ikki marta bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqaro jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Irpen shahri1, Ukrainaning Rossiyaga qarshi daʼvosi1, Donesk va Lugansk1, Xarkov1, Tinch aholi1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi